6-dekabr kuni – Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi Sport klubi va Chirchiq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bilan hamkorlikda qilichbozlik bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasini tashkil etdi.
⏺Shu kuni Tennis, badminton va stol tennisi kafedrasi tomonidan yotoqxonada istiqomat qiluvchi talabalar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi.
🔘7-dekabr kuni – Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi talabalar ishtirokida paravoleybol musobaqasi o‘tkazdi.
⏺Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi o‘qituvchilari esa yotoqxonadagi talabalar holidan xabar oldi.
⏺Og‘ir atletika va ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi hamkorligida tosh ko‘tarish sport turidan musobaqa tashkil etildi.