O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professor-o‘qituvchilari xorijiy hamkorlik doirasida o‘z malakasini oshirishda davom etmoqda.
💠Shu munosabat bilan Boks nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori G‘ayrat Matkarimov 2025-yil 8-noyabrdan 2026-yil 8-fevral sanasigacha Janubiy Koreyaning Yongin universitetida akademik mobillik dasturi asosida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
🟢Xizmat safari davomida professor G‘ayrat Matkarimov Yongin universitetining ilg‘or ilmiy-metodik maktabi, zamonaviy sport trenirovkalari tizimi, sportchilarni tayyorlashning innovatsion yondashuvlari bilan bevosita tanishib, o‘z ilmiy va pedagogik faoliyati uchun muhim bilim va tajribalarni o‘zlashtirmoqda.
✔️ Safar doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda:
🟣boks sport turini o‘qitish va sportchilarni tayyorlash bo‘yicha zamonaviy koreys metodikalarini o‘rganish;
⏺ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
🟡sport murabbiylari uchun zamonaviy trening texnologiyalarini chuqur o‘rganish;
🔘talaba va yosh mutaxassislar uchun qo‘shma loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borish.
🔺Ushbu xizmat safari O‘zDJTSU professor-o‘qituvchilarining malaka oshirish jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish, sport ilm-faniga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish hamda universitetning global hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
⚡️ Universitet jamoasi professor G‘ayrat Matkarimovga samarali ilmiy faoliyat va muvaffaqiyat tilaydi!