21-noyabr kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetda Ichki ishlar akademiyasi hamda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan “Sog‘lom avlod – xavfsiz jamiyat” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
✅Tadbirda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov, Ichki ishlar akademiyasidan podpolkovnik Rashid Sultonov, Toshkent viloyati IIB bo‘limi hodimi mayor Sherzod Ahmadov ishtirok etdilar.
➡️Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan talabalarga “Jinoyat uchun jazo muqarrarligi”, shuningdek, “Giyohvandlik va psixotrop moddalarining og‘ir oqibatlari” haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, giyohvandlikka qaramlikning ayanchli oqibatlari haqida videorolik ham namoyish etildi.
💠Muloqot ochiq tarzda o‘tkazilib, talabalarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi va fikr almashinuvi tashkil etildi.
💬O‘tkazilgan keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot tadbiri talabalarda chuqur taassurot qoldirdi hamda ularning huquqiy ongi va jinoyatchilikka qarshi immunitetini kuchaytirishga xizmat qildi.