🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 414-sonli qarorining 4 - ilovasi 38-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 27-31-oktabr kunlari Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining zamonaviy voleybol maydonchasida “Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiayti” kafedrasi universitet sport klubi bilan birgalikda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan mahalla yoshlari uchun voleybol sport turi boʻyicha “Liga” musobaqasini tashkil etdi va oʻtkazdi.
🟢Bu musobaqada jami 130 nafar mahalla yoshlari qatnashib, 1-oʻrin V.Xaydarov mahallasi, 2-oʻrin М.Ulugʻbek mahallasi va 3-oʻrin Gulzor mahallasi egalladi.
➡️Ushbu koʻtarinki ruhda oʻtkazilgan musobaqani kafedra professor-oʻqituvchilar boshchiligida voleybol mutaxassisligi talabalari hakamlik vazifalarni bajarib, oʻz mahoratlarni oshirdi.