🟡Joriy yilning 1-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti  "Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish" kafedrasi va Adabtiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi tomonidan "Sport sog'lomlashtirish turizmi" fanining amaliy dars mashg'uloti "Burchimullo davlat o'rmon xo'jaligi" hududida tashkil etildi. 
🔺Unda kafedra mudiri va professor-o'qituvchilari dars haqida 100 dan ortiq kunduzgi ta'lim shaklida ta'lim olayotgan talabalarga ma'lumotlar berib borishdi. 
🗣Talabalar tog'ning go'zal manzaralari bilan tanishishdi, sport sog'lomlashtirish turizmining ahamiyati va afzalliklari haqida atroflicha ma'lumot olishdi. Shuningdek, ular tog' turizmini tashkil etish, xavfsizlik qoidalari va ekologik madaniyatga rioya qilish bo'yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishdi. 
🟡Mashg'ulot davomida talabalar tog'da piyoda yurish, jismoniy mashqlar bajarish imkoniyatiga ega bo'lishdi va bu ularning jismoniy tayyorgarligini oshirishga xizmat qildi. Tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi va ularning sport sog'lomlashtirish turizmiga bo'lgan qiziqishini yanada oshirdi.
✅Kelajakda ham bunday amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish rejalashtirilgan bo'lib, ular talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg'unlashtirishga yordam beradi.