🇺🇿 Para stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida faxrli natijalar!
Joriy yilning 26–31-oktabr kunlari Toshkent shahrida “Para stol tennisi” sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi o‘qituvchisi Lutfullina Rumiya Anvarovna hakam sifatida faol ishtirok etdi.
Shuningdek, kafedra talabalari ham chempionatda o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Quvonarlisi, ular orasidan Bahodirova Mushtariy yuqori natijaga erishib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi! 🏆👏
Talabamizni erishgan yutug‘i bilan samimiy qutlaymiz!