🗓Joriy yilning 30-oktabridan 11-noyabrigacha qadimiy Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
✅Mazkur nufuzli anjuman YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand shahrida o‘tayotgani mintaqaning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni va ahamiyatini yaqqol namoyon etmoqda.
➡️Sessiyada 190 mamlakatdan 2800 dan ortiq delegatlar ishtirok etmoqda. Dastur doirasida 150 dan ortiq xalqaro uchrashuv, madaniy va ma’rifiy tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Bugun Toshkent xalqaro aeroportida Butunjahon Jang San’atlari Ittifoqi (WoMAU) delegatsiyasi kutib olindi. Tashrif buyurgan mehmonlarni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov hamda O‘zbekiston jang sanati federatsiyasi raisi Po‘lat Usmonov kutib oldi. Delegatsiya tarkibida WoMAU Bosh kotibi Ahn Jung-whan va bosh kotib o‘rinbosari Lee Taeho bor. Ular Samarqandda o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi doirasida o‘tkaziladigan uchrashuv va madaniy tadbirlarda ishtirok etadilar.
⏺Ma’lumot o‘rnida, Butunjahon Jang San’atlari Ittifoqi (WoMAU) 2002-yil 2-oktabrda tashkil etilgan. Tashkilot tarkibida 26 mamlakatning 28 ta tashkiloti faoliyat yuritadi. WoMAU jang san’atlarini tinchlik, adolat va insoniy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi madaniy meros sifatida rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilgan.
🔅2009-yilda WoMAU YUNESKOning rasmiy hamkori maqomini, 2010-yilda esa Nomoddiy madaniy merosni asrash bo‘yicha Hukumatlararo qo‘mitaning maslahatchi nodavlat tashkiloti maqomini olgan. 2011-yilda esa Koreya hukumati bilan hamkorlikda Xalqaro Jang San’atlari Markazi (ICM) tashkil etilgan bo‘lib, u YUNESKOning 2-toifa instituti sifatida faoliyat yuritmoqda.
💬Bugungi kunda WoMAU YUNESKO bilan hamkorlikda an’anaviy jang san’atlarini asrash, ularni jahon miqyosida targ‘ib qilish hamda madaniy almashinuvni kuchaytirish yo‘lida faol ish olib bormoqda.