“ONA TILIM – QALBIM, RUHIM KO‘ZGUSI”
🗣2025-yil 21-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 36 yilligi munosabati bilan O‘zbek va chet tillari kafedrasi tomonidan “ONA TILIM – QALBIM, RUHIM KO‘ZGUSI” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-musiqiy tadbir o‘tkazildi. Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
✅Universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanovning kirish so‘zi bilan boshlangan tadbirda, til – insoniyat uchun buyuk ne’mat, mislsiz boylik va o‘lmas qadriyat ekanligi to‘g‘risida fikr-mulohazalari bildirilib, o‘zbek tili bugungi kunda AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Turkiya va shu kabi bir qator davlatlarning 60 ga yaqin universitetlari hamda 100 dan ziyod maktablarida o‘rganilayotganligi alohida ta’kidlandi.
➡️Shuningdek, tadbir davomida sportchi talaba-yoshlar ishtirokida she’riy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari, milliy ruhdagi kuy-qo‘shiqlar va jozibador raqslarning barchasi bayram tadbiriga bir olam zavq bag‘ishladi.
✍️Ma’lumot o‘rnida, dunyoda 5600 dan ortiq tillar mavjud bo‘lib, bundan 200 tasigina davlat tili sifatida qabul qilingan. Ularning orasida o‘zbek tili ham borligi bizga ulkan faxr va iftixor bahsh etadi. Eng asosiysi, o‘zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub eng yirik tillardan biri bo‘lib, jahon miqyosida bu tilda 50 milliondan oshiq odam muloqat qiladi.