🇺🇿Xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-ma'rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo‘lgan o‘zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir. Shu boisdan, o‘zbek tili milliy o‘zligimizning ulug‘vorligi, matonati va barhayotligini o‘zida aks ettirgan timsol sifatida qadrlanadi.
✅1989-yil 21-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinishi esa Vatanimiz hayotidagi yuksak voqelik sifatida tarixga muhrlandi.
📌Ma’lumot o‘rnida: Oʻzbek tili (Oʻzbekcha) – Oltoy tillari oilasining turkiy tillar turkumiga kiruvchi til. Dunyo boʻylab 50 milliondan ortiq kishi shu tilda so‘zlashadi.
✔️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yurtdoshlarimizni ushbu qutlug' bayram bilan chin dildan tabriklaydi!