✅16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalar turar joyida yashovchi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda doimiy tarzda sportga jalb etish maqsadida stol tennis sport turidan musobaqa o‘tkazildi.
➡️Musobaqada jami 4 ta jamoa ishtirok etib, qiziqarli va murosasiz bellashuvlar yakunida quyidagi jamoalar shohsupaga ko'tarildi.
🥇-o‘rin Tennis, badminton, stol tennis nazariyasi va uslubiyati kafedrasi jamoasi:
🥈-o‘rin Sportni boshqarish( Menejment) kafedrasi
🥉-o‘rin Tennis, badminton, stol tennis nazariyasi va uslubiyati kafedrasi sirtqi ta'lim talabalari:
➡️Talabalar turar joyi qavatlarida istiqomat qilayotgan talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu musobaqa nafaqat talablarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga shu bilan bir qatorda ularning o‘zaro do‘stlik va jamoaviy birdamlik rishtalarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shgani bilan ahamiyatlidir.
🔺Bu kabi musobaqalarning doimiy o‘tkazib borilishi o‘z navbatida talabalarda nafaqat abjirlik, tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirishi bilan birga, turli musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini o‘tab berishi bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.