📣2025-yil 21-oktabr kuni soat 14:00 da universitetimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 36 yilligi munosabati bilan O‘zbek va chet tillari kafedrasi tomonidan o‘tkaziladigan “ONA TILIM – QALBIM, RUHIM KO‘ZGUSI” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-musiqiy tadbirga taklif etamiz.
📶O‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Uni jonday asrab-avaylash har birimizning burch va farzimizdir.
🗓Tadbir o‘tkazilishi vaqti:
21-oktabr kuni soat 14:00 da
📍Tadbir o‘tkaziladigan manzil:
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va
sport universiteti Madaniyat saroyi