🟢Kuz qish mavsumi oldidan talabalarning xavfsizligi va yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan ijara uylarda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🟡Tashrif davomida talabalarga yashash sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha zaruriy ko‘mak ko‘rsatilib, elektr va tabiiy gazdan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish, zarurat bo‘lmaganda kechqurun 22:00 dan keyin ko‘chaga chiqmaslik, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan hamda kuz-qish mavsumida qo‘lbola jihozlardan foydalanmaslik bo‘yicha zaruriy tushuntirishlar berildi.
🔴Bunday tashriflar universitet talabalari, ayniqsa, ijarada yashayotgan yoshlar salomatligi va xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.