🟢Kuz qish mavsumi oldidan talaba-qizlarning xavfsizligi va yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Dilnoza Ismailova, tyutorlar hamda Suv sport turlari kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan ijara uylarda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🟡Tashrif davomida talaba-qizlarga yashash sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha zaruriy ko‘mak ko‘rsatilib, elektr va tabiiy gazdan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan hamda qo‘lbola jihozlardan foydalanmaslik bo‘yicha zaruriy tushuntirishlar berildi.
🔴Bunday tashriflar universitet talabalari, ayniqsa, ijarada yashayotgan yoshlar salomatligi va xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.