🏆1-oktabr "O‘qituvchilar va murabiylar kuni" munosabati bilan joriy yilning 4-6 oktyabr kunlari universitetda futbol sport turi bo‘yicha o‘qituvchilar va ishchi-xizmatchilar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada universitet kafedralari va tarkibiy bo‘linmalardan jami 11 ta jamoa ishtirok etdilar.
➡️Murosasiz va shiddatli kechgan baxslarda quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni egallashdilar.
Natijada quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni egallashdi:
🥇o‘rin Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi
🥈o‘rin Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi
🥉o‘rin O‘quv uslubiy boshqarma
➡️Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🗣Mazkur sport tadbiri professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviy ruhni kuchaytirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.