✅Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan talaba qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida madaniy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
➡️Uchrashuv mehmoni — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tadqiqotchisi, “Maqom cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, respublika va xalqaro ko‘rik-tanlov hamda festivallar laureati Go‘zal Mo‘minova bo‘ldi.
📶Tadbir samimiy ruhda o‘tdi, jarayonda maftunkor kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, talaba qizlarga katta zavq ulashdi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan turli savollar berildi, suhbat ochiq va qiziqarli tarzda davom etdi.
💠Yakunda universitet jamoasi nomidan Go‘zal Mo‘minovaga tashakkurnoma hamda estalik sovg‘alari topshirildi.
🗣 Talaba qizlar uchrashuvdan katta taassurot olib, bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar ularni ruhlantirishi, milliy qadriyat va san’atimizga mehrlarini oshirishini ta’kidlab o‘tdilar.