2025-yil 2-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamkorligida talaba-yoshlar uchun "Kino kuni" tadbiri o‘tkazildi.
✅ Kino kunida Jahongir Qosimov rejissorligida suratga olingan “18-kvadrat” filmi namoyish etildi.
📍Aytish joizki, ushbu film o‘zida yuksak Vatanparvarlik hissi, Ona Vatanga sadoqat va o‘z kasbiy burchini sidqi dildan ato etishi kabi ezgu fazilatlarni jamlagani bilan talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.