Mazkur tadbir shahar hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Chirchiq shahar bo‘limi, O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi shahar bo‘limi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
🔅Bugungi tinch va osoyishta hayotimizga shukronalik tuyg‘usini mustahkamlash, jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, jamiyatda o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
✅So‘zga chiqqanlar o‘z chiqishlarida avlodlar davomiyligi, hayotiy tajriba va ma’naviy merosning ahamiyatiga alohida to‘xtalib, bugungi tinch va osoyishta hayotimizning qadriga yetish, shukronalik tuyg‘usini yuksaltirish har bir insonning ma’naviy burchi ekanini ta’kidladilar. Shuningdek, yoshlar uchun Yangi O‘zbekistonda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ulardan oqilona foydalanish va ma’rifatli jamiyat barpo etishda faol ishtirok etish zarurligi qayd etildi.
📝Tadbir davomida Mazmunli ma’rifiy chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Ayniqsa, “Uch avlod uchrashuvi” doirasida katta avlod vakillarining hayotiy saboqlari yoshlar uchun muhim ibrat maktabi bo‘ldi.