🏆III MDH o‘yinlarining bugungi dasturlarida sportchilarimiz 10 ta sport turi bo'yicha bahslarda ishtirok etmoqda
✅Ozarbayjonda o‘tkazilayotgan III MDH o‘yinlarining 8-kungi bahslari davom etmoqda.
🟢Bugun sportchilarimiz futbol (O'zbekiston-Qirg'iziston) kamondan otish (1/8 final) voleybol (sarlash O'zbekiston-Ozarbayjon) boks (yarim final) trampolin (final) badminton (1/8 final) qilichbozlik (saralash) karate (saralash) erkin kurash(aylanma tizm) ayollar kurashi (aylanma tizim) sport turlari bo'yicha ishtirok etishmoqda.
Ma'lumot o‘rnida: MDH o‘yinlari joriy yilning 25-sentyabr – 9-oktyabr kunlari Ozarbayjonning Gabala, Gyanja, Gyoygyol, Mingyachevir, Sheki, Xankendi, Yevlax shaharlarida o‘tkazilmoqda. Ushbu o‘yinlarda O‘zbekiston delegatsiyasi jami 348 nafar (246 nafar sportchi, 57 nafar murabbiy, jamoa rahbarlari, tibbiyot xodimlari va hakamlar 45 nafar) ishtirokchilar bilan 23 ta sport turi bo‘yicha qatnashmoqda.
📶Barcha sportchilarimizga omad tilaymiz!