✅Yoshlar orasida giyohvandlikni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
🟡 👮♂️Joriy yilning O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikka qarshi kurashish oldini olishga qaratilgan ma’rifiy-profilaktik tadbir tashkil etildi.
⏺Tadbirda universitetning profilaktika katta inspektori leytenant Ruslan Narbayev hamda, professor o‘qituvchilar va milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi talabalari ishtirok etishdi.
➡️ Tadbir davomida ishtirokchilarga giyohvand moddalarning inson salomatligiga salbiy ta’siri va ularning jamiyatda keltirib chiqarayotgan muammolari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
💠 Yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida savol-javob shaklida suhbat o‘tkazildi hamda mavzu bo‘yicha targ‘ibot materiallari va axborot vositalari tarqatildi.
🔴 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni turli salbiy illatlardan ogohlantirish, huquqiy va tibbiy savodxonlikni oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
🔵 Shu kabi tadbirlar universitetda muntazam ravishda tashkil etilib, talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda.