📶MDH o‘yinlari 2025-yil 25-sentyabr – 9-oktyabr kunlari Gabala, Gyanja, Gyoygyol, Mingyachevir, Sheki, Xankendi, Yevlax shaharlarida (Ozarbayjon) o‘tkazilmoqda.
🟢E'tiborlisi ushbu nufuzli musbobaqada universitetimizning suv sporti turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Islamov Izzatilla musobaqa referisi sifatida hakamlar jamoasini boshqarib bormoqda.
➡️Ushbu o‘yinlarda O‘zbekiston delegatsiyasi jami 348 nafar (246 nafar sportchi, 57 nafar murabbiy, jamoa rahbarlari, tibbiyot xodimlari
va hakamlar 45 nafar) ishtirokchilar bilan 23 ta sport turi bo‘yicha qatnashmoqda.
➡️MDH o‘yinlari har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladigan nufuzli musobaqa hisoblanadi.
MDH o‘yinlarida o‘tkazuvchi davlat tomonidan tanlangan sport turlari bo‘yicha 15 yoshdan katta sportchilar ishtirokida o‘tkazib boriladi.