🗣✅Bugun Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasida xalqaro ilmiy seminar tashkil qilindi.
🔴Seminarda kafedra professor-o‘qituvchilari hamda Xitoy Xalq Respublikasi Shandun universiteti dotsenti, janob Syuy Syansyan, Rossiya Federatsiyasining Lesgaft nomidagi milliy davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professori, Shiyan Viktor Vladimirovich, Turkiyaning Istanbul Aydin universiteti professori Ramazan Savranbasi kabi yetakchi olimlar ishtirok etdi.
📶Ilmiy seminarda Germaniyaning Kyoln universiteti direktori, professor Markos Raab “Sport psixologiyasining dolzarb muammolari” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, seminar davomida musobaqalarga tayyorgarlik jarayonida sportchilarda psixologik monitoring o‘tkazish, stress, vohimalilik, xavotir (tashvish), qo‘rquv kabi holatlarni o‘lchash va korreksion dasturlar ishlab chiqish, motivatsion holat, e’tibor, diqqat, xotira va qaror qabul qilish tezligini baholash asosida psixologik yordam ko‘rsatish hamda sportchilar, murabbiylar va hakamlar uchun psixologik treninglar va seminarlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
💠Shu bilan bir qatorda seminarda Sport psixologiyasi sohasida Germaniya tajribasi, sportchilarni musobaqalarga psixologik tayyorlash hamda xalqaro ilmiy-texnik bazalarda ilmiy maqolalarni nashr qilish bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashildi.
Ilmiy seminar yosh mutaxassislar kasbiy mahoratining oshishiga xizmat qilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.