O‘zDJTSUda Sport psixologiyasi laboratoriyasi ochildi!
➡️🇺🇿O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-414-son qarori asosida Sport psixologiyasi laboratoriyasi tashkil etildi.
🟢Sport psixologiyasi laboratoriyasi ochilish marosimida Germaniyaning Kyoln sport universiteti huzuridagi ilmiy tadqiqotlar instituti direktori, professor Markus Raab, Xitoy Xalq Respublikasi Shandun universiteti dotsenti, janob Syuy Syansyan, Rossiya Federatsiyasining Lesgaft nomidagi milliy davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professori, Shiyan Viktor Vladimirovich, Turkiyaning Istanbul Aydin universiteti professori Ramazan Savranbasi kabi yetakchi olimlar ishtirok etdi.
➡️Laboratoriyaning asosiy maqsadi - turli yoshdagi va mahorat darajasidagi sportchilarning psixologik xususiyatlarini o‘rganish;
➡️sport mashg‘ulotlari va musobaqalarini psixologik qo‘llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
➡️tadqiqot va innovatsiyalar orqali sport psixologiyasining ilmiy rivojlanishiga hissa qo‘shish;
➡️sportchilarni psixodiagnostik baholashni o‘tkazish;
➡️psixologik tayyorgarlik, tuzatish va reabilitatsiya usullarini ishlab chiqish;
Sportchilar, murabbiylar va sport jamoalariga psixologik maslahatlar berib borish.
✅Kelajakda Sport psixologiyasi laboratoriyasi sport federatsiyalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Shuningdek, sportchilarni nufuzli musobaqalarga tayyorlash bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi.