🟡Talaba qizlar turar joyida yashash sharoitlari o‘rganildi
✅👮♀️2025-yil 25-sentabr kuni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh. Mirzanov, Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i D. Ismailova, Yoshlar yetakchisi S. Eshpo‘latov, Talabalar turar joyi va sport inshootlarini boshqarish direksiyasi direktori T. Djumanov hamda 1-sonli talabalar turar joyining tarbiyachi-pedagogi M. Abdullayeva tomonidan 1-sonli talaba qizlar turar joyiga tashrif amalga oshirildi.
➡️Tashrif davomida talabalar uchun yaratilgan yashash sharoitlari o‘rganildi, ularning holati va muammolari bo‘yicha suhbatlar olib borildi.
🔴Shuningdek, turar joyda ichki tartib-qoidalar, ularning ijrosi, talabalar xavfsizligi, tozalik va intizom masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🗣Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va fikrlari tinglandi.
🔴Mas’ullar tomonidan mavjud muammolarni joyida hal etish, shuningdek, talaba-qizlar uchun yanada qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish borasida tegishli topshiriqlar berildi.