🔎🚨🔥O‘zDJTSUda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
🗣O‘zbekiston Respublikasida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” munosabati bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalar va xodimlar ishtirokida yong‘in xavfsizligi mavzusida taktik maxsus o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
💠Mazkur mashg‘ulot Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in xavfsizligi xizmati, qutqaruv otryadlari, Chirchiq shahar tibbiyot birlashmasi, gaz filiali hamda Toshkent viloyati “Hayot xavfsizligi” o‘quv markazi hamkorligida o‘tkazildi.
✔️Dastur nazariy va amaliy qismlardan iborat bo‘lib, nazariy qismda yong‘in xavfsizligi qoidalari va evakuatsiya tartiblari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Amaliyotda esa yong‘inni o‘chirish, evakuatsiya qilish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonlari namoyish etildi.
🔺O‘quv mashg‘uloti talabalarning xavfsizlik madaniyatini oshirish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.