🇺🇿O‘zDJTSU magistrantlari Yorqinbek Odilov va Tolibboy Yo‘ldoshev Jahon chempionatida sovrindor bo‘lishdi!
✅Hindistonning Nyu-Deli shahrida boshlangan para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida Hamyurtimiz Yorqinbek Odilov o‘z urinishlari doirasida 52.06 m natija bilan shaxsiy rekordini yangilab, vitse-chempionga aylandi. Shuningdek, erkaklar o‘rtasida F37 toifasida o‘tkazilgan yadro uloqtirish bahslari ham biz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Unda ishtirok etgan Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindori Tolibboy Yo‘ldoshev 15.86 m natija bilan Jaxon chempionati bronza medaliga ega chiqdi. Qayd etish joiz, bu Yo‘ldoshev karyerasidagi hozirga qadar bo‘lgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Erkaklar o'rtasida nayza uloqtirish dasturi (F57)
🥇Muhammet Xalvandi (Turkiya) - 53.30
🥈Yorqinbek Odilov (O'zbekiston) - 52.06
🥉Amanollah Papi (Eron) - 51.55
Erkaklar o'rtasida yadro uloqtirish dasturi (F37)
🥇Albert Xinchagov (Neytral maqomdagi sportchi) - 16.55 (JCh rekordi)
🥈Aleksandr Belobokov (Neytral maqomdagi sportchi) - 16.16
🥉Tolibboy Yo'ldoshev (O'zbekiston) - 15.86