“Talaba-yugur” ko`ngillilar yugurish musobaqasi o‘tkazildi.
🔺Joriy yilning 24-sentyabr kuni "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan kelgan ishtirokchilarni Ommaviy yugurish musobaqalari yagona ligasi homiyligida sport bayrami o‘tkazildi.
📱Sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi hamkorligida oʻtkazilayotgan “Talaba-yugur” ommaviy yugurish musobaqasining kuzgi mavsumi yurtimiz yoshlari uchun chinakam sport bayramiga aylandi!
🟢“Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi tashkiliy jarayonlarida universitetning yengil atletika yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va talabalari faol qatnashgan bo‘lsa, universitetning qolgan barcha yo‘nalishda tahsil olayotgan sportchi talabalari ishtiyoq, gʻayrat va sportda g‘oliblik ruhi bilan musobaqada faol ishtirok etishdi.