🗣O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov xizmat safari bilan universitetning Nukus filialiga tashrif buyurdi.
✔️Rektor xizmat safarini dastlab filial talabalarining dars jarayoni bilan tanishishdan boshladi. Tanishish jarayonida har bir auditoriyaga kirib talabalar bilan uchrashib, ular bilan yaqindan suhbatlashdi va yurtimizda oliy ta’lim tizimidagi islohatlar mohiyati, ayniqsa, sportchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
⏺Shundan so‘ng filial direktori, direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim va kafedra mudirlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
🔺Yig‘ilishda filial faoliyatini rivojlantirish, ichki imkoniyatlarini kengaytirish va ta’lim sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha oldindagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.