⚡️16-sentabr kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan 8 karra olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, jahon tarixidagi “afsonaviy gimnastikachi” Oksana Chusovitina ishtirokida talabalarga mahorat darsi o'tkazildi.
✅Mahorat darsi davomida:
🟣Sportda uchragan qiyinchiliklar va ularni yengib o‘tgan tajribasi.
🟡Mashg‘ulot intizomi, mehnatsevarlik, qat’iyatlilikning ahamiyati.
⏺Sportchi uchun sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanishning o‘rni haqida gapirib, muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan talabalarga ham tegishli tavsiyalar berib o‘tdi.
✔️Har kuni oz bo‘lsa ham mashq qiling.
✔️Ovqatlanishga e’tibor bering, sog‘lom tanasiz – kuchli sportchi bo‘la olmaysiz.
✔️Dangasalikdan yiroq bo‘ling, vaqt eng qimmat narsa.
🔺Men o‘z yo‘limda ko‘plab mag‘lubiyatlarni ko‘rganman, ammo har safar o‘zimga “Bu mening oxirim emas, balki yangi boshlanishim” deb aytganman. Shu ishonch menga katta g‘alabalarga yetaklagan.
🟢Sizlardan iltimosim: orzu qilishdan qo‘rqmang! Har biringizda cheksiz imkoniyat bor. Balki ertaga sizlardan kimdir O‘zbekiston nomini jahon maydonida tarannum etishi mumkin. Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalaning.