Grant taqsimoti uchun ariza berish 10-avgustga qadar davom etadi
🗣Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2024/2025-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025-yil 10-avgustga qadar uzaytirildi.
Ya’ni grant taqsimlash uchun ariza berishga ulgurmay qolganlar 10-avgustgacha hujjatlarini taqdim etishi mumkin. Arizalar oliygohlarning veb-saytlari orqali yoki kontrakt.edu.uz (https://kontrakt.edu.uz/) saytida qabul qilinmoqda.
Talabalar ariza berishda 3 xil grantdan birini tanlashi kerak:
☑️ To‘liq va to‘liq bo‘lmagan grant (GPA 3,5 dan baland);
☑️ Qo‘shimcha davlat granti (faqat ijtimoiy himoya reyestrida “qizil” va “sariq” toifadagi oilalar a’zolari uchun, GPA 4 dan baland);
☑️OTM granti (GPA 3,3 dan 4 gacha).
Imtiyozli yoki maqsadli grantga kirganlar, shuningdek, sirtqi, kechki va masofaviy shaklda o‘qiydiganlar ariza yubora olmaydi.