O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Respublika olimpiya va paralimiya sport turlariga tayyorlash markazining hamkorlikdagi “Olympic” sport klubi vakillik jamoasi sifatida Xitoyda tashkil etilgan "Qiaoxin Cup" 6-Xalqaro Yoshlar Futbol turnirida munosib ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yosh futbolchilarimizni Sport vazirligi mas'ul xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali ravishda kutib olindi.