Magistraturaga kirishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning arizalarini qabul qilish bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2025-yil 1-30-iyul kunlari magistraturaga my.gov.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning arizalari belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Bunda:
✅ushbu toifadagi abituriyentlarga arizalarining holatini my.edu.uz platformasiga OneID orqali kirgan holda kuzatib borish imkoniyati yaratiladi;
✅ro‘yxatdan o‘tgan arizalarning asossiz rad qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vazirlik bu borada abituriyentlarning hech bir xavotirlanishiga asos yo‘qligini hamda tanlovlar adolat, ochiq-oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.