💬 Bugun Reyn-Rur shahri (Germaniya)da bo'lib o'tgan Butunjahon yozgi “Universiada” o‘yinlarida munosib ishtirok etgan Oʻzbekiston jamoasi yurtimizga qaytib kelishdi.
🫥 Sportchilarimizni Toshkent xalqaro aeroportida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo’yicha vakili Odil Abduraxmanov, Sport vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirokida tantanali tarzda kutib oldi.
📑Marosimda so’zga chiqqan sportchilarimiz erishgan natijalar mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga munosib sovg‘a bo‘lganligi, yurtimizda Davlatimiz rahbari tomonidan sportni rivojlantirishga qaratilgan e’tibor o‘z natijasini berayotganligini faxr va iftixor bilan tilga olishdi.
⏺ Ma'lumot uchun, joriy yilning 16-27-iyul kunlari Reyn-Rur shahri (Germaniya)da Butunjahon yozgi “Universiada” o‘yinlari o‘tkazildi.
📑Mazkur Butunjahon yozgi “Universiada” o‘yinlarida dunyoning 113 ta davlatdan 18 ta sport turi bo‘yicha 5 100 nafardan ortiq talaba sportchilar 234 ta jamlanma medallar uchun bahs olib bordi. O‘zbekiston sport delegatsiyasi mazkur musobaqada 11 ta sport turi (kamondan otish, sport gimnastikasi, yengil atletika, suvga sakrash, dzyudo, badiiy gimnastika, eshkak eshish, suzish, stol tennis, taekvondo VT va tennis) bo‘yicha 18 ta oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi 53 nafar sportchilardan iborat tarkib bilan ishtirok etdi.
🔹 O‘zbekiston sport delegatsiyasi musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Universiadalar tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi , 5 ta sport turi bo‘yicha (suzish, badiiy gimnastika, yengil atletika, taekvondo VT, dzyudo) 4 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza, jami 15 ta medal qo‘lga kiritdi.
⏺ Ushbu natija bilan O‘zbekiston sport delegatsiyasi umumjamoa hisobida 13-o‘rinni, Markaziy Osiyo davlatlari orasida 1-o‘rinni egallaladi (Yaponiya 1-o‘rin, Xitoy 2-o‘rin, AQSH 3-o‘rin, Koreya 4- o‘rin, Italiya 5-o‘rin, Ozarbayjon 24-o‘rin, Qozog‘iston 37-o‘rin, Qirg‘iziston 38-o‘rin).
⏺Ushbu ulkan muvaffaqiyatlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalarining hissasi beqiyos bo‘ldi. Universiada o‘yinlarida universitetning 25 nafar sportchi-talabasi ishtirok etdi. Ular quyidagi sport yo‘nalishlarida bahslarga kirishdi:
🟢Yengil atletika — 5 nafar
🟢Badiiy gimnastika — 1 nafar
🟢Sport gimnastikasi — 2 nafar
🟢Akademik eshkak eshish — 2 nafar
🟢Suzish — 4 nafar
🟢Stol tennisi — 2 nafar
🟢Taekvondo WT — 5 nafar
🟢Tennis — 4 nafar
🤸♀️Taxmina Ikromova, badiiy gimnastika bo‘yicha qatnashib, 2 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. U nafaqat universitet, balki butun O‘zbekiston delegatsiyasining eng muvaffaqiyatli sportchisi bo‘ldi.
🏃Sharifa Davronova, yengil atletikaning uch hatlab sakrash yo‘nalishida 14,33 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi va mamlakatimiz sport sharafini munosib himoya qildi.
📱Taekvondo WT sport turi bo‘yicha:
🥇Aralash jamoaviy dasturda Najmiddin Qosimxojiyev va Shohjahon Karimboyev oltin medalga sazovor bo‘ldi.
🥈Marat Mavlonov (+87 kg) — kumush medal
🥉Najmiddin Qosimxojiyev (74 kg) — bronza medal
🥉Shamsiddin Qurbonov (58 kg) — bronza medal
🥉Taekvondo VT (erkaklar jamoaviy) dasturi safida ishtirok etgan Marat Mavlonov — bronza medali
🏆Natijada, universitet sportchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan 4 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medal O‘zbekiston umumiy natijasiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi.
🗣O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sportchilari tomonidan erishilgan yutuqlar, bu dargoh nafaqat respublikada, balki xalqaro miqyosda ham yuqori malakali sportchilarni tayyorlayotgan yetakchi oliy ta’lim muassasalardan biri ekanini yana bir bor amalda isbotladi.
✅Mazkur natijalar – yosh avlodga yaratilgan imkoniyatlar va sport tizimidagi islohotlarning samarali natijasidir.