📆Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sport vaziri o‘rinbosari A.Karimov hamda tegishli bo‘lim boshliqlari va rektor R.Matkarimov ishtirokida qabul 2025/2026-o‘quv yili kasbiy (ijodiy) imtihonlarini sifatli tashkil etish yuzasidan mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
✔️Yig‘ilishda dastlab, Sport vaziri o‘rinbosari A.Karimov tomonidan Yurtimiz vakillarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani buning natijasida hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni turli zararli odatlardan asragan holda, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun yaratilayotgan e'tibor, hususan, mamlakatimizda iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, universitetda qabul jarayonlarini adolatli va shaffof o‘tkazish bo‘yicha gapirib o‘tdi.
✍️Shundan so‘ng universitet rektori R.Matkarimov tomonidan qabul_2025 jarayonlariga universitetda puxta tayyorgarlik ko‘rilgani, shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni adolatli va shaffof tarzda о‘tishi uchun amalga oshirilgan ishlar borasida to‘xtalib o‘tdi.
Hususan:
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan 51 ta sport turidan tasdiqlangan aniq mezonlar asosida qabul qilinadi;
Ushbu jarayonning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida tegishli sport federatsiyalari (assosiatsiyalari)dan 61 nafar tajribali mutaxassis va murabbiylar, universitetdan 82 nafar professor-o‘qituvchi hamda sport ta’lim muassasalaridan 48 nafar tajribali murabbiylar jalb etilgan;
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayonida har bir abituriyentning iqtidori, jismoniy tayyorgarligi, texnik va taktik ko‘nikmalari xolis va aniq mezonlar asosida baholanishi qat’iy nazoratga olingan. Imtihon natijalari yagona ERP sport platformasi orqali real vaqt rejimida planshetlar yordamida kiritiladi va har bir abituriyentning shaxsiy natijasi avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil telefon raqamiga SMS ko‘rinishida yuboriladi;
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2025 yil 7 iyul sanasidan boshlanib – 18 iyul sanasiga qadar Universitet hamda Toshkent shahari, Toshkent viloyati va Nukus shaxridagi sport inshootlarida o‘tkaziladi (Kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan sport inshootlari ro‘yxati va ularning manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar https://www.jtsu.uz saytida to‘liq yoritilgan (https://t.me/uzdjtsu_rasmiy/28623)).