#Rektor_kubogi
#biatlon
✅Bugun 13-iyun kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan biatlon sport turidan “Rektor kubogi” musobaqasi tashkil qilindi.
📌Biatlon sport turini yanada rivojlantirish va iqtidorli sportchilarni saralash maqsadida o‘tkazilgan ushbu musobaqada 50 nafardan ortiq talabalar o‘rtasida qizg‘in va shiddatli bahslar kechdi.
🏅🏆🎁Yakunda g'olib va sovrindorlar kafedra hamda universitet Sport klubi tomonidan munosib taqdirlandi.