#dzyudo
#o‘quv_mashg‘olot
🥋Ayni kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi Sirojiddin Qodirov boshchiligidagi dzyudo ixtisosligi talabalari Xitoyning Shandong shahrida bo‘lib o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
🔼Shandong Dzyudo Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil qilingan mazkur o‘quv-mashg‘ulotlari talaba-yoshlarning dzyudo sport turidan o‘z ko‘nikma va mahoratlarini yanada oshirishga keng imkoniyat yaratish bilan birga, universitet hamda assotsiatsiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanishiga ham xizmat qilmoqda.
📌Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘quv-mashg‘ulotlar joriy yilning 21-may sanasiga qadar davom etadi.