#teatr_tomoshasi
🏛Teatr bu – jamiyatda roʻy berayotgan hodisalarni sahnadagi inʼikosi ekanligi bilan qadrli maskan. Undan olinadigan maʼnaviy ozuqa esa har bir yosh uchun juda muhim omil.
✅Shu munosabat bilan bugun, 15-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlardan iborat 200 nafardan ortiq oliygoh jamoasi O‘zbekiston Davlat Satira teatrida bo‘lib, mazkur teatrning mohir aktyorlari ijrosidagi 🎭"Soqov xotin" nomli spektakl namoyishini tomosha qildilar.
👆Jarayonlar yuqoridagi fotolavhalarimizda.