🟢Bugun “Olimpiya şaharçasi”da taşkil etilgan tadbirda olimpiada iştirokçilari, rasmiylar, sport sohasi vakillari hamda mehmonlar iştirok etdi.
🇺🇿 Marosimning rasmiy qismida Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov boşçiligidagi rasmiylar sahnaga taklif etildi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining olimpiada iştirokçilariga yöllagan tabrigi öqib eşittirildi hamda Davlat madhiyasi yangradi.
✅Yopiliş marosimi doirasida olimpiada davomida öz mahorati, iqtidori va yuksak sport natijalarini namoyon etgan sportçilar, murabbiylar, hakamlar hamda hududiy delegatsiyalar tantanali taqdirlandi.
✔️Ma’lumot örnida, joriy yilgi bellaşuvlarda 3,5 mingdan ziyod yoş sportçi olimpiya va paralimpiya yönalişidagi 26 ta sport turi böyicha kuç sinaşdi. Ularga 1,5 ming nafar murabbiy hamrohlik qildi.
🙌 Jumladan Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Yengil atletika, Boks, Qiliçbozlik sport turlaridan Prezident Olimpiadasi sport musobaqalari yuksak saviyada taşkil etildi. Tantanali yopiliş marosimida universitet rahbariyati professor-öqituvchilar, magistrantlar, doktorantlar hamda talabalar iştirok etişdilar.