🌎 2026-yil 10-noyabr kuni Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida navbatdan taşqari Kengaş yiğilişi bölib ötdi.
Universitet rektori, professor Raşid Matkarimov raisligida ötkazilgan yiğilişda prorektorlar, kafedra mudirlari, bölim rahbarlari, Kengaş a’zolari hamda professor-öqituvçilar iştirok etdi.
🗣 Yiğiliş kun tartibidan universitet faoliyatining muhim yönalişlariga oid masalalar örin oldi. Jumladan:
➡️ Universitetda ta’lim sifati körsatkiçlarining bajariliş holati, erişilgan natijalar, mavjud muammolar hamda ta’lim sifatini yanada oşirişga qaratilgan ustuvor vazifalar;
➡️ Axborot-resurs markazi fondidagi ma’nan va jismonan eskirgan öquv, ilmiy va uslubiy adabiyotlarni yangilaş, elektron axborot resurslari bazasini kengaytiriş hamda fondni bosqiçma-bosqiç raqamlaştiriş;
➡️ Professor-öqituvçilar tomonidan tayyorlangan öquv adabiyotlarini naşr etişni moliyaviy qöllab-quvvatlaş va çop etiş xarajatlarini qoplaş uçun zarur mablağlarni ajratiş;
➡️ “Rektor va yoşlar” uçraşuvini yuqori saviyada taşkil etiş, talabalar taklif va taşabbuslarini örganiş hamda ularni qiynayotgan dolzarb masalalarni aniqlaş;
➡️ Ijarada istiqomat qilayotgan talabalarning yaşaş şaroitlarini örganiş, ularning holidan muntazam xabar oliş, Tutor.hemis.uz platformasi orqali nazorat işlarini samarali taşkil etiş, şuningdek, yonğin va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilişini ta’minlaş;
➡️ Universitet Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti faoliyatini takomillaştiriş, talaba-yoşlarning ijtimoiy faolligini oşiriş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda boşlanğiç taşkilot yetakçisini universitet jamoatçiligiga taniştiriş;
➡️ 2025–2026-öquv yilida rektorning xorijiy xizmat safarlari davomida amalga oşirilgan işlar, xalqaro hamkorlik yönalişida erişilgan natijalar hamda xizmat safarlari bilan boğliq moliyaviy xarajatlar hisoboti;
➡️ 2026–2027-öquv yilida universitet bino va inşootlarini kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş, mavjud infratuzilmaning texnik holatini baholaş va mavsum davomida yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarning oldini oliş;
➡️ Universitetning 2027-yil uçun xarajatlar smetasi loyihasini şakllantiriş, moliyaviy ta’minotdagi mavjud kamçiliklarni tahlil qiliş, moddiy-texnik bazani mustahkamlaş va infratuzilmani rivojlantirişga qaratilgan takliflarni işlab çiqiş;
➡️ Xalqaro qöşma ta’lim dasturlarini takomillaştiriş, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan strategik hamkorlik aloqalarini kengaytiriş va qöşma ta’lim dasturlari geografiyasini rivojlantiriş;
➡️ Ilmiy-tadqiqot işlari va innovatsion faoliyatda erişilgan natijalar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar;
➡️ Universitetni 2030-yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasida belgilangan maqsadli körsatkiçlarning bajariliş holati, mavjud muammolar va konsepsiya ijrosini jadallaştiriş masalalari muhokama qilindi.
⏩Yiğiliş davomida mehnat va ijro intizomiga qat’iy rioya etiş, rahbariyat tomonidan berilgan topşiriqlarning öz vaqtida va sifatli bajarilişini ta’minlaş, har bir yönaliş böyiça mas’uliyatni kuçaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Kengaş yiğilişida universitet faoliyatining joriy yildagi natijalari tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilinib, mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş, ta’lim sifatini oşiriş, ilmiy salohiyatni rivojlantiriş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş hamda universitetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş yuzasidan tegişli vazifalar belgilab olindi.