#universitet_hayotidan
#kitobxon_talaba
👩🎓📖Bugun, 26-mart kuni universitet Axborot-resurs markazi xodimalari, Voleybol, basketbol hamda Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedralari mas’ullari hamkorligida “Kitobxon talaba” loyihasi doirasida turli millat shoirlari va olimlarning asarlari bo'yicha kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
✔️Talaba-yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish va ularda yuksak kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbirda talaba-yoshlarga jahon adabiyoti durdonalaridan 📚Klaus Shvabning “Toʻrtinchi sanoat inqilobi” hamda Den Braunning “Raqamli qalʼa” asarlari mazmuni qisqacha ochib berilib, mazkur asarlar bilan to‘liq tanishib chiqish tavsiya etildi.
📍Shuningdek, atadbir davomida axborot-resurs markazidagi mavjud darslik va badiiy adabiyotlar haqida ham ma’lumotlar berib o'tildi.