Ma’lumki, 2024-yil davomida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Litva Sport Universiteti (LSU) bilan hamkorlikda talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi borasida Erasmus+ KA171 dasturi bo‘yicha umumiy qiymati 8000 yevrolik grantni qo‘lga kiritdi.
Shu munosabat bilan, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti loyiha mobaynida 3 yillik muddat davomida Xalqaro Kredit Mobilligi/ International Credit Mobility (ICM) yo‘nalishi bo‘yicha universitetimiz talabalari va o‘qituvchilari uchun Yevropa universitetlarida qisqa muddatli o‘qish va malaka oshirish imkoniyatini taqdim qiladi.
Ahamiyatlisi, ushbu loyiha bo‘yicha talabalar almashinuvi joriy yilning sentyabr oyiga mo‘ljallangan bo‘lib, universitetimizning iqtidorli talaba-yoshlarini ushbu grant dasturida ishtirok etishga chorlab qolamiz.
Unga ko‘ra, talabalar 5 oy davomida Litva Sport Universitetida o‘qib imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘qish davomida barcha xarajatlar loyiha tomonidan to‘liq qoplanadi va talabalarga 800 yevro miqdorida oylik stipendiyalar ajratiladi. Bundan tashqari talabalar uchun turar joy xarajatlari mutlaqo bepul.
O‘qish muddati joriy yilning sentyabr-yanvar oyigacha davom etadi.
Grantlar:
- 5 oylik ta'lim Litva Sport Universitetida
- To'liq moliyalashtirilgan: o'qish, turar joy, transport va boshqa xarajatlar
- 800 yevro oylik stipendiya
Foydalanuvchilar:
- 1-, 2-, 3-kurs talabalari
Ishtirokchilar uchun talablar:
- Izlanuvchan va umidli talabalar bo'lishi kerak
- Ingliz tilini yaqxshi egallagan bo‘lishi kerak (so‘zlashuv darajasida yoki B2 daraja)
Nima uchun qatnashish kerak?
- Yevropada qisqa muddatli ta'lim va malaka oshirish
- Xalqaro tajriba va bilimlarni oshirish
- O'zbekistondan Litvaga sport va ta'lim sohasida hamkorlikni kuchaytirish
Arizalar universitetning Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb etish bo‘limi tomonidan qabul qilinadi. Murojaatlar 2 oy mobaynida ko‘rib chiqiladi.
📞 Aloqa uchun: Go‘zal +998774444992 tg: @guzalisanova
Ma’lumot o‘rnida, Erasmus+ dasturi ta’lim, professional ta’limni rivojlantirish, yoshlarni kamolotga yetkazish va sportni rivojlantirish sohalari bov‘yicha Yevropa Ittifoqining dasturidir. Ushbu dastur yuqorida keltirilgan sohalar bo‘yicha Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va hamkor davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirish maqsadida moliyalashtiriladi.