#talaba_yugur
#sport_klub
‼️EʼLON‼️
Universitetimiz sportchi talabalari, professor-o'qituvchilar va xodimlar diqqatiga!
✅Sizlarni joriy yilning 13-aprel kuni bo'lib o'tadigan "Talaba-yugur" ko'ngillilar ommaviy yugurish musobaqalarida ishtirok etishga taklif etamiz.
✅Ushbu musobaqada Universitetning barcha yo‘nalish talabalari, professor-o'qituvchi va ishchi xodimlar ishtirok etishlari mumkin.
📝Musobaqada ishtirok etish istagida boʻlgan talabgorlar yugur.uz platformasidan ro'yxatdan o'tishlari lozim. To'lovlar universitet sport klubi tomonidan amalga oshiriladi.
🏆🏅📜💵Gʻolib va sovrindorlar pul mukofotlari, diplom, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanish barobarida, nizomga asosan qoʻshimcha stipendiyalar tayinlanadi.
✔️Batafsil maʼlumot uchun universitet Sport klubi, Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga murojaat qilishingiz mumkin.
☎️Murojaat uchun telefon: +99890 296-74-99