🏛 Joriy yilning 4-fevral kuni, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov hamda sirtqi ta’limda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
👨👩👧👧 Uchrashuv davomida rektor tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida sifatli kadrlarga ehtiyoj doimiy ortib borayotgani, ushbu talablardan kelib chiqib, universitetda ta’lim sifatini oshirish yuzasidan so‘ngi vaqtlarda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida gapirib o‘tdi.
✅ Ochiq va doʻstona ruhda oʻtkazilgan uchrashuvda talabalarni qiynayotgan muammolar eshitildi, ularning yechimlari yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.