#faxr
🇨🇳Xabaringiz bor, 7-14-fevral kunlari Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Kecha, 3-fevral kuni delegatsiyamizning dastlabki qismi Xarbin shahriga yo‘l oldi.
🇺🇿Ushbu musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi 6 sport turida 24 nafar atlet bilan qatnashishi ko‘zda tutilib, bu delegatsiyamizning eng katta tarkibda qatnashadigan qishki Osiyo o‘yinlari bo‘ladi.
🎉Yana bir quvonarli jihati, mazkur musobaqalarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasining 7 nafar talabalari ham yurtimiz sharafini himoya qiladi.
👇Ular bilan tanishing:
⛷Tog‘ chang‘isi: Medet Nazarov, Nikita Gorkovskiy va Sabina Rejepova;
✅Figurali uchish: Yekaterina Geynish, Dmitriy Chigirev Sevinch Rahimova;
🎿🔫Biatlon: Dilmurod Abdurahmonov.
👍Bo‘lajak musobaqalarda barcha sportchilarimizga omad tilab qolamiz!