Bugun, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish hamda “9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor I.Axmedov, Chirchiq shahar 3-sonli IIB boshlig‘i I.Tursunov, universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Risboyev, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar ishtirok etishdi.