Bugun, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi, Toshkent viloyati Xorijiy tillarni ommalashtirish agentligi, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Elchixonasi hamda Chirchiq davlat pedagogika instituti hamkorligida rus tilini o‘qitish muammolariga bag‘ishlangan Forum o‘tkazildi.
Forumda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Elchixonasi vakillari, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va Chirchiq davlat pedagogika institutining Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Mazkur Forum Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5117-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida o‘tkazildi.
O‘zDJTSUning Xorijiy tillar kafedrasi mudiri F.Norboyeva, katta o‘qituvchilari R.Xodjiyev, X.Djurayeva tomonlaridan “Maktab+universitet” hamkorlik loyihalarini tashkil etish va bu loyihalarga maktab o‘qituvchilarini jalb etish bo‘yicha bildirgan takliflari Forum qatnashchilari tomonidan zo‘r qiziqish bilan qabul qilindi.
Tadbir yakunida Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Elchixonasi vakili Suljina Irina Vladimirovna tomonidan universitet kutubxonasiga xomiylik tarzda 100 nomdagi xorijiy adabiyotlar taqdim etilib, universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildirildi.
O‘zDJTSU matbuot xizmati