#universitet_yangiliklari
2021 yilning 3 dekabr kuni rektorimiz Mahmudjon Boltabayev va Futbol fakultetining tashabbuskor talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Rektor va yoshlar uchrashuvida 500 nafarga yaqin faol yoshlar ishtirok etib, ochiq-oshkora samimiy ruhda o‘tgan muloqotda yoshlarning taklif va mulohazalari eshitildi.
Xususan, uchrashuvda mamlakatimiz yoshlari orasida keng tarqalgan muammolardan talaba yoshlarning ish bilan bandlik masalalari, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, moddiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash doirasida savol-javob hamda takliflar o‘rtaga tashlandi.
Talabalar tomonidan universitetda yoshlarning bo‘sh vaqtini yana-da mazmunli o‘tkazish bo‘yicha ko‘plab takliflar bildirildi. Jumladan, fakultet talabalari o‘rtasida sport musobaqalarini ko‘proq o‘tkazish va tizimli tashkil etish, iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish kabi takliflar shular jumlasidan.
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy