Xabaringiz bor O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va Toshkent viloyatining Xalq taʼlimi muassasalari o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Xususan, universitetning “Sport menejmenti va iqtisodiyot” kafedrasi hamda Bo‘ka tumandagi 11-umumtaʼlim maktabi bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolangan bo‘lib, kafedra professor-o‘qituvchilari o‘zlari masʼul bo‘lgan ushbu maktabdagi o‘quvchilarni bilim salohiyatini yana-da oshirish, ularni kasbga yo‘naltirish maqsadida doyimi mashg‘ulotlar va uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqda.
Joriy yilning 2-dekabr kuni “Sport menejmenti va iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 11-umumtaʼlim maktabida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda kelgusi yilda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar rejasi muhokama qilinib, maktab jamoasiga kafedra tomonidan tashakkurnoma va kitoblar sovg‘a qilindi.