#talaba_yutuqlari
✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida so‘nggi vaqtlarda talaba-yoshlarning egallagan bilimlarini amaliyotda tadbiq qilish maqsadida talabalar turli musobaqalarga hakam sifatida keng jalb etib kelinmoqda.
🥊Misol uchun, 2024-yil 26-30 noyabr kunlari Toshkent shahrida boks bo‘yicha U-13 va U-14 yosh toifasidagi o'smirlar o'rtasidagi Toshkent shahar chempionatida universitetning boks ixtisosligi talabalari hakam sifatida faol ishtirok etishdi. Bu esa ulardagi hakamlik malaka va ko'nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
🏸Shuningdek, oliygohning Tennis, badminton, stol tennisi talabalari 29-noyabr kuni parabadminton bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionatini bevosita kuzatib, musobaqa jarayonlarini boshqarish va uni yuqori saviyada o‘tkazishda jonbozlik ko‘rsatishdi.