Ayni damda Chirchiq shahri Arancha qoʻrgʻonchasida joylashgan harbiy qismda "Harbiy qismda bir kun" loyihasi doirasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi mutasaddilari, viloyatdagi barcha oliy taʼlim muassasalaridagi "Qalqon" jamoatchilik guruhi rahbar va aʼzolari hamda OTMdagi boshlangʻich tashkilot yoshlar yetakchilari uchun oʻquv-seminar boʻlib o‘tmoqda.
✅E’tiborlisi, ushbu seminarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi Sardor Eshpo‘latov boshchiligidagi oliygoh “Qalqon” jamoatchiligi guruhi a’zolari ham faol ishtirok etmoqdalar.
🚔🔫eminarda yoshlarga harbiy qismdagi mavjud qurol-aslaha va texnika ko‘rgazmalari namoyishi oʻtkazilmoqda.
📌Qayd etish kerakki, ushbu oʻquv-seminar – talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etilganligi bilan ahamiyatlidir.