#universitet_hayotidan
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Chirchiq shahar hokimligi bilan birgalikda bir qator muhim yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik qilib kelmoqda.
Xususan, universitet tomonidan Chirchiq shahridagi aholi, jumladan yoshlarni sportga keng jalb qilish, mazkur hudud fuqarolarini bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillariga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda.
Joriy yilning 28-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida rektor Rashid Matkarimov boshchiligidagi mas’ullar hamda Chirchiq shahar hokimligi vakillari ishtirokida yuqoridagi masalalar ijrosiga qartilgan navbatdagi uchrashuv tashkil etilib, unda hamkorlik aloqalarini yanada jonlantirish, oldinda turgan ustuvor vazifalarni bajarish va mavjud muammolarga yechim izlash bo‘yicha kelishib olindi.